Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.
Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri uchun 100 ta avtobus olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xitoyda JAC Motors kompaniyasi bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. U Xitoyning yana ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan uchrashmoqchi.
Qarshi davlat universiteti talabasi viloyat hokimi bilan uchrashuvda tanqidlarga javob qaytaruvchi blogerlar jamoasini tuzish taklifini berdi. Qashqadaryo rahbari Murotjon Azimov esa uning shu taklifi uchun hokimlikka ishga olinishini ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyatida 2022 yilning 9 oyida 552 ta korrupsion jinoyatlar (o‘tgan yilga nisbatan 114 taga ko‘p) sodir etildi. Murotjon Azimov viloyatda hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida ta’sischi yoki rahbar sifatida ishlayotganini ochiqladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi.
2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimiyati Samarqand viloyatiga olib ketilayotgan chigit mahsulotlari ortilgan uchta yuk mashinasi tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi uchun to‘xtatib qolinganini ma’lum qildi. Avvalroq, Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova shikoyat qilib, Qashqadaryo hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan viloyatlar chegarasida chigit ushlab turilganini ta’kidlagandi.
Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova Qashqadaryodan Samarqand viloyatiga chigitni olib o‘tishni guyoki taqiqlash to‘g‘risida og‘zaki ko‘rsatma bergani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ustidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyat rahbari uning SMS xabarlariga javob bermagan hamda uning to‘rt kun davomida yukni o‘tkazish masalasini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari zoye ketgan.
Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting